Do’stlik jamiyatining Taftish komissiyasi uning moliyaviy shaffofligi va qonunchilikka muvofiqligini nazorat qiluvchi mustaqil tuzilma hisoblanadi. Komissiya do’stlik jamiyati mablag‘laridan samarali foydalanilishini ta’minlash, ichki audit jarayonlarini yuritish va hisobotlarni tahlil qilish kabi muhim vazifalarni bajaradi.

Abduvohidjon Nurmamat o‘g‘li Haydarov
Taftish komissiyasi a’zosi

Sherzod Igamberdiyevich Mustafakulov
Taftish komissiyasi a’zosi

Abdumalikkhon Muzaffarkhonovich O‘roqov
Taftish komissiyasi a’zosi
Taftish komissiyasining asosiy vazifalari
01Moliyaviy nazorat va audit
Do’stlik jamiyatining moliyaviy harajatlarini muntazam tekshirib borish, mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash va hisobdorlikni oshirish.
02Ichki audit tizimini rivojlantirish
Do’stlik jamiyati faoliyatida korrupsiyaning oldini olish va shaffoflikni ta’minlash uchun ichki audit jarayonlarini takomillashtirish.
03Hisobot va tahlil qilish
Do’stlik jamiyatining yillik moliyaviy hisobotlarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va ularga asoslangan holda takliflar berish.
04Do’stlik jamiyati faoliyatining qonuniyligini ta’minlash
Barcha moliyaviy operatsiyalarning mamlakat qonunchiligiga muvofiq bo‘lishini nazorat qilish.
05Moliya va boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish
Do’stlik jamiyati resurslaridan yanada samarali foydalanish uchun boshqaruvga tegishli tavsiyalar berish va moliyaviy xavflarni minimallashtirish choralarini ko‘rish.
