Biz haqimizda

Missiyamiz va maqsadimiz

Missiyamiz — O‘zbekiston va Finlandiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonchni mustahkamlash, ikki mamlakatning madaniyati, ta’limi, ilm-fani va ilg‘or tajribalarini o‘zaro targ‘ib qilish hamda xalq diplomatiyasi orqali uzoq muddatli va manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish. Jamiyat O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasida insonlar, yoshlar, ta’lim va ilm-fan vakillari, tadbirkorlar hamda jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirishga, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Maqsadimiz-Oʼzbekiston va Finlandiya xalqlari orasidagi madaniy-maʼrifiy, taʼlim-fan sohasidagi aloqalarni rivojlantirishdan iborat.