Biz haqimizda

Homiy bo‘lish

Homiylik shartlari

01

Maqsadlarga zid bo‘lmagan faoliyat

Homiylar do‘stlik jamiyatining maqsadlari va tamoyillariga zid bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullanishi kerak.

02

Moliyaviy yoki nomoddiy ko‘mak

Moliyaviy yoki nomoddiy (moddiy-texnik resurslar, xizmatlar, media ko‘magi va h.k.) ko‘mak ko‘rsatish mumkin.

03

Ochiq va huquqiy kelishuv

Homiylik kelishuvlari ochiq, rasmiy va huquqiy jihatdan aniq bo‘lishi talab etiladi.

04

Shaffoflik va halollik

Barcha homiylar shaffoflik va halollik tamoyillariga rioya qilishi kerak.

Homiylik turlari

01

Moliyaviy homiylik

Bevosita pul mablag‘lari ko‘rinishida qo‘llab-quvvatlash.

02

Xizmat yoki mahsulot shaklidagi homiylik

Texnik jihozlar, transport, media xizmatlari, joy ta’minoti va boshqa zarur resurslarni taqdim etish.

03

Axborot homiyligi

Do‘stlik jamiyati faoliyatini ommaviy axborot vositalarida targ‘ib qilish, reklama yoki PR-ko‘mak.

04

Ko‘ngillilar orqali qo‘llab-quvvatlash

Kompaniya yoki tashkilot xodimlarining jamiyatga foydali tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etishi.

Homiylar uchun imtiyozlar

01

Veb-saytda eslatma

Rasmiy veb-saytida, nashrlarida va ijtimoiy tarmoqlardagi materiallarida homiylik haqida eslatma berish.

02

Logotip va nomni ko‘rsatish

Tashkil etiladigan tadbirlarda homiylarning logotipi va nomini ko‘rsatish.

03

Ijtimoiy ishlarni yoritish

Tashkilot yoki kompaniyaning ijtimoiy mas’uliyat doirasida amalga oshirilgan ishlarini yoritish.

04

Sertifikat va tashakkurnomalar

Maxsus sertifikatlar va tashakkurnomalar bilan taqdirlash.

Homiy bo'lish uchun biz bilan bog'laning

Qadam 1 / 3

Tashkilot ma'lumotlari