Biz haqimizda

Vazifamiz

- Oʼzbekiston va Finlandiya xalqlari oʼrtasidagi doʼstlik, hamkorlikni rivojlantirish va madaniy-maʼrifiy rishtalarni tashkil etish va mustahkamlash; - Finlandiyada Oʼzbekiston Respublikasining suveren demokratik va huquqiy davlat, madaniy, ilmiy, tinch xoʼjalik yuritishdagi faol hamkori sifatida har tomonlama va obʼektiv tasavvurini shakllanishiga koʼmaklashish; - xalqaro, ilmiy va madaniy hamkorlik masalalari boʼyicha doimiy axborot almashinuvini amalga oshirishda davlat tashkilotlari va boshqalar bilan hamkorlik qilish; - hukumatga qarashli boʼlmagan xalqaro tashkilotlar va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda aloqalar oʼrnatish; - Oʼzbekiston Respublikasi toʼgʼrisida axborot-maʼlumot fondlari va maʼlumotlar bazasini yaratish, fin xalqini madaniyat, sanʼat, ilm va maorif sohalarida Oʼzbekiston erishgan yutuqlar bilan tanishtirish; - badiiy jamoalarning va yakka ijrochilarning chiqishini, tele va kino koʼrsatuvlarni, tasviriy sanʼat asarlari va xalq ijodi mahsulotlari koʼrgazmalarini, fotokoʼrgazmalarni, Oʼzbekiston Respublikasiga va Finlandiyaga bagʼishlangan tadbirlar komplekslarini belgilangan tartibda uyushtirish; - Respublikamizda istiqomat qilayotgan Finlandiya fuqarolari hamda ularning birlashmalari bilan aloqalarni rivojlantirishga koʼmaklashish va hamkorlik qilish; - Hukumat va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Oʼzbekiston Respublikasi va Finlandiya shaharlari va hududlari oʼrtasidagi gumanitar, ilmiy-texnik, madaniy aloqalar, shuningdek sheriklik masalalari boʼyicha xalqaro aloqalarni rivojlantirishda hamkorlik qilish; - Jamiyat faoliyati toʼgʼrisidagi axborot bilan ommaviy axborot vositalarida chiqish; - Jamiyatning Ustav vazifalarini bajarish uchun noshirlik, ishlab chiqarish va xoʼjalik faoliyatlarini amalga oshirish; - xorijiy sarmoyadorlar, xalqaro jamgʼarmalar va jamoat tashkilotlarini madaniy-maʼrifiy aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalar va buyurtmalarni amalga oshirishga jalb etish; - fan va madaniyat arboblarini, faxriylarni, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlarining arboblarini oʼzbek va fin xalqlarining milliy-madaniyati va anʼanalarini ommalashtirishda qatnashishga jalb qilish; - Finlandiya delegatsiyalari va alohida shaxslar qabulini uyushtirish, vatandoshlar jamoalari bilan aloqalarni kengaytirish va delegatsiya ayriboshlashni yoʼlga qoʼyish; - kerakli mutaxassislarni jalb etib, Ustav faoliyatining turli yoʼnalishlar boʼyicha komissiyalar tuzish; - rivojlangan xorijiy mamlakatlarning madaniy-maʼrifiy aloqalarni tashkil etish borasidagi tajribasini oʼrganish.