Biz haqimizda

Vasiylik (Boshqaruv) kengashi

“O’zbekiston-Finlandiya” do’stlik jamiyati Boshqaruvi – do’stlik jamiyatining strategik maqsadlarini belgilovchi va uning rivojlanish yo‘nalishlarini shakllantiruvchi muhim boshqaruv organidir. Boshqaruv do’stlik jamiyati faoliyatining samaradorligini oshirish, uning missiyasi va maqsadlariga mos ravishda rivojlanishini ta’minlash uchun mas’uldir.

Alisher Raxmatullayevich Jurayev

Alisher Raxmatullayevich Jurayev

Rais, Finlandiyaning O'zbekistondagi Faxriy Konsuli

Odil Almuratovich Qo‘ysinov

Odil Almuratovich Qo‘ysinov

Rais o‘rinbosari

Navruz Kamilovich Islamov

Navruz Kamilovich Islamov

Ijrochi direktor

Boshqaruvning asosiy vazifalari

01

Do’stlik jamiyati strategiyasini belgilash

Do’stlik jamiyatining uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqadi va uning to‘g‘ri amalga oshirilishini nazorat qiladi.

02

Tashkiliy boshqaruv va nazorat

Do’stlik jamiyati faoliyatining samaradorligini oshirish, moliyaviy shaffoflikni ta’minlash va tashkiliy tuzilmani mustahkamlash bo‘yicha muhim qarorlar qabul qiladi.

03

Hamkorlikni rivojlantirish

Xalqaro tashkilotlar, davlat idoralari va xususiy sektor bilan aloqalarni mustahkamlash orqali fondning ta’sir doirasini kengaytirishga ko‘maklashadi.

04

Grant va loyihalarni tasdiqlash

Do’stlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan grant dasturlari, ilmiy va innovatsion loyihalarni muhokama qilib, ularning samaradorligi va dolzarbligini baholaydi.

05

Do’stlik jamiyatining ijtimoiy ta’sirini oshirish

O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida do‘stlik, savdo-investitsiyaviy, ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish hamda davlat tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish.