“Doʻstlik” festivali doirasida Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida shu mavzuga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Unda diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar, davlat idoralari, ilmiy doiralar, milliy madaniy markazlar va xorijdagi vatandoshlar vakillari, shuningdek "O'zbekiston-Finlandiya" do'stlik jamiyati Ijrochi direktori, Universitet bo'lim boshlig'i N.Islamov ishtirok etdi. Anjumanda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi (https://president.uz/oz/lists/view/9466) o'qib eshittirildi. Konferensiyada millatlararo totuvlikni mustahkamlash, xalq diplomatiyasini rivojlantirish, xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda davlat va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

